Hukumat qarori bilan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo`yicha ro`yxatga olish tartibi to`g`risidagi nizomga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi
Fuqarolarni doimiy yashash joyi bo`yicha ro`yxatga olish, bekor qilish va vaqtincha turgan joyi bo`yicha ro`yxatga olish xizmatlari migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`linmalari, davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona ijtimoiy davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.
Ro`yxatga olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar ro`yxatidan uy-joy hujjatlari chiqarib tashlandi.
Doimiy ro`yxatga olish rasmiylashtirilganda QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag`i beriladi.
Fuqaroning doimiy ro`yxatga olinishini bekor qilish asoslari belgilandi:
- bir manzildan boshqa manzilga ro`yxatga olinganda;
- mulkdor arizasiga ko`ra;
- mulkdor o`zgarganda;
- sudning fuqaroni uy-joydan foydalanish huquqini yo`qotgan, shasxni bedarak yo`qolgan deb topish va ko`chirish haqidagi qarori asosida;
- fuqaro xorijga doimiy yashashga ketganida;
- sohta hujjatlar asosida ro`yxatga olinganlik aniqlanganda;
- umrbod ozodlikdan mahrum etilganda;
- vafot etganda.
Ushbu nizom Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun tatbiq etilmaydi.