AsosiyJamiyat

​SSV: Ochiq muloqotga kelib tushgan murojaatlar soni 6 mingdan oshdi

'​SSV: Ochiq muloqotga kelib tushgan murojaatlar soni 6 mingdan oshdi'ning rasmi

O`zbekiston tibbiyotining zamon talablari darajasiga ko`tarilishidan barcha yurtdoshlarimiz birdek manfaatdor. Ayniqsa, shu soha vakillari orasida tizimni rivojlantirishga doir yangi g`oya, taklif va tashabbuslar bo`lishi tabiiy.

Prezidentimizning sog`liqni saqlash tizimi vakillari bilan “O`zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun” mavzusida bo`lib o`tadigan ochiq muloqotiga ana shunday fidoyi va jonkuyar shifokoru hamshiralarimizdan minglab murojaatlar kelib tushmoqda.

Buning uchun 1295 qisqa raqamli “Sall-markaz” hamda ijtimoiy tarmoqlarda ochilgan alohida elektron manzillar ishlab turibdi.

So`nggi tahlillarga ko`ra, shu kungacha mazkur platformalar orqali ochiq muloqotga yo`llangan jami murojaatlar soni 6094 taga etdi. Ulardan 60 foizini tibbiyot xodimlarining takliflari tashkil etmoqda.

Jumladan, murojaatlarning:

✅ 2136 tasi sog`liqni saqlash tizimining birlamchi bo`g`ini,

✅ 319 tasi ixtisoslashgan markazlar faoliyati,

✅ 196 tasi tez tibbiy yordam xizmati,

✅ 113 tasi oliy tibbiy ta`lim,

✅ 110 tasi sanitariya-epidemiologiya xizmati,

✅ 92 tasi ilm-fanga daxldor masalalardir.

Hududlar kesimida Toshkent shahri vakillari faol — 922 ta murojaat. Keyingi o`rinlarni Namangan (451 ta) va Samarqand (379 ta) viloyatlari band etib turibdi.

    Boshqa yangiliklar