Qashqadaryo viloyati Koson tumanida ikki kishi o`rtasida kelishmovchilik yuzaga keladi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, 2021 yil 18 dekabr kuni soat 21:45 larda Koson tumani “Quyi Obron” MFYda yashovchi muqaddam sudlangan Yu.A. hamqishlog`i T.E. bilan qishloqdagi choyxonaga kelib, ovqatlanish jarayonida spirtli ichimlik iste`mol qilgan holda bir-birini haqoratlab, janjallashib qoladi. Natijada sarxush yigitlar kuch sinashish maqsadida tashqariga chiqadi. Shu payt Yu.A. tashqaridagi shashlik qo`ra yonidagi stol ustida turgan pichoqni olib T.E.ning pastki jag`iga tiqib oladi. Natijada, T. E. olgan og`ir tan jarohati tufayli vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Koson tuman IIB tomonidan Yu.A.ga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






