AsosiyJamiyat

O`zbekiston notariat tizimi Xalqaro notariuslar ittifoqiga a`zo bo`ldi

'O`zbekiston notariat tizimi Xalqaro notariuslar ittifoqiga a`zo bo`ldi'ning rasmi

Bu haqda Xalqaro Notariuslar Ittifoqi Assambleyasi qaror qabul qildi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Qayd etilishicha, ittifoq a`zoligiga kirish uchun davlatlar notariat tizimi quyidagi yuqori standartlarga javob berish talab etiladi:

  • Tizimda nodavlat notariuslar (xususiy notariuslar) faoliyatining mavjudligi;
  • notariat sohasini tartibga soluvchi qonun hujjatlari lotin notarial modeliga muvofiq bo`lishi;
  • mulkchilikka oid milliy qonunchilik hujjatlarining xalqaro xususiy huquq normalariga mutanosib bo`lishi va boshqalar.

Ta`kidlanishicha, O`zbekistonda 2020 yildan xususiy notariuslar faoliyati yo`lga qo`yilgandan so`ng, a`zolik uchun ariza berilgan.

"Joriy yilning 22-24 sentyabr kunlari maxsus delegasiya O`zbekistonga kelib, bizning notariat tizimimizni to`liq o`rganib ketgach, ijobiy baho berildi va Ittifoq Assambleyasi bir ovozdan O`zbekistonni Ittifoq a`zoligiga qabul qildi",-deya ma`lum qiladi vazirlik.

Ma`lumot uchun, bugungi kunda Ittifoqqa 90 dan ortiq davlatlar a`zo hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar