AsosiyJamiyat

Meteorologik sharoit sabab Namangandan Domodedovoga borish-kelish aviaqatnovlari Farg`ona orqali amalga oshiriladi

'Meteorologik sharoit sabab Namangandan Domodedovoga borish-kelish aviaqatnovlari Farg`ona orqali amalga oshiriladi'ning rasmi

"Uzbekistan Airways" AJ meteorologik sharoit tobora yomonlashib borayotganligi (tuman, ko`rishning etarli darajada emasligi) munosabati bilan faqatgina 2021 yilning 30 dekabr kuni HY9620/Domodedovo-Namangan aviaqatnovi Domodedovo - Farg`ona muqobil yo`nalishi bo`yicha amalga oshirilishini,  HY9619/Namangan - Domodedovo qatnovi esa Farg`ona shahridan amalga oshirilishini ma`lum qildi.

⠀Aviaqatnovning harakat vaqti kichik o`zgarishlari quyida keltirilgan:

 HY-9620 qatnovining jo`nab ketish vaqti soat 12:26 ga o`zgartirildi.

 HY-9619 qatnovining jo`nab ketish vaqti esa soat 14:00 ga o`zgartirildi.

⠀Yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Namangan va Farg`ona aeroportlari o`rtasida transfer harakat tashkil etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar