Ijtimoiy tarmoqda YPX xodimi tomonidan tibbiy niqob taqish majburiy emasligi aytilgan video tarqaldi.
Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi️ning video yuzasidan bergan bayonotiga ko`ra, 2021 yil 30 dekabr kuni soat 10:30 larda Toshkent viloyati, Ohangaron tumani hududidan o`tuvchi A-373 avtomobil yo`lining 143-kilometrida YPX xodimi I.Xusanov tomonidan "Lacetti" rusumli avtomobil haydovchisi to`xtatilgan. O`zaro muloqot jarayonida ushbu avtomobil yo`lovchisi tomonidan, YPX xodimi tibbiy niqob taqmaganligi bo`yicha e`tiroz bildirilganda, xodim tibbiy niqob taqish majburiyligi bekor qilinganligini ta`kidlab, fuqaroga noto`g`ri ma`lumot etkazgan.
️O`zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo`yicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan tibbiy niqobni taqib yurish majburiy emasligi bo`yicha hech qanday qaror e`lon qilinmagan.
️Hozirda YPX xodimi I.Xusanovga nisbatan Toshkent viloyati IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.






