Prezident iqtisodiyot tarmoqlari va kommunal soha barqaror ishlashini ta`minlash masalalari bo`yicha videoselektor o`tkazdi

Jamiyat 30.12.2021, 21:57
Teglar: Shavkat Mirziyoev
Prezident iqtisodiyot tarmoqlari va kommunal soha barqaror ishlashini ta`minlash masalalari bo`yicha videoselektor o`tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 30 dekabr kuni kelgusi yilda iqtisodiyot tarmoqlari va kommunal soha barqaror ishlashini ta`minlash masalalari bo`yicha videoselektor yig`ilishi o`tkazildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. 

Yil og`ir kelganiga qaramay, iqtisodiyotda ijobiy natijalarga erishilgani qayd etildi. Xususan, joriy yilda yalpi ichki mahsulot 7 foizga, sanoat 9,5 foizga, xizmatlar 20 foizga, qurilish sohasi 6 foizga, qishloq xo`jaligi 4 foizga o`sgan. Inflyasiya darajasi 10 foizdan past bo`lgan.

Eksport hajmi 16,5 milliard dollarni tashkil etib, o`tgan yilga nisbatan qariyb 1,3 milliard dollarga oshdi. Umumiy qiymati 12,4 milliard dollarlik 318 ta yirik va 14 mingta hududiy loyihalar ishga tushdi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining turmush sharoiti yaxshilandi.

Yig`ilishda kelgusi yilda ham iqtisodiyotning barqaror o`sishini ta`minlash bo`yicha vazifalar ko`rsatib o`tildi. Xususan, yalpi ichki mahsulot va sanoatni 7 foizdan yuqori, xizmatlarni qariyb 30 foizga oshirish maqsad qilingan.

Davlatimiz rahbari yangi yilning boshidanoq, barcha tarmoq va hududlar tizimli ishlab, bu maqsadlarga erishish uchun mustahkam zamin yaratish kerakligini ta`kidladi.

Xalqimiz dasturxoni to`kinligini ta`minlash maqsadida qish oylarida asosiy turdagi qishloq xo`jaligi mahsulotlarini bozorlarga barqaror etkazib berish bo`yicha vazifalar belgilandi.

Elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiqlik ta`minoti, kommunal, sog`liqni saqlash va yong`in xavfsizligi tizimlarining barqaror ishlashi muhimligi qayd etildi.

Malakali tibbiy xizmat ko`rsatish, jamoat, yong`in va harakat xavfsizligi faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha ham ko`rsatmalar berildi.

Sharhlar

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

21.10.2022, 13:45

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...
"Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va u erda tinch hayotni tiklash muhim". Shavkat Mirziyoev Ostonadagi sammitda nutq so`zladi

13.10.2022, 11:20

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...
Shavkat Mirziyoev Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykalini ochib berdi (foto)

29.08.2022, 11:46

Avval xabar qilganimizdek, Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Urganch shahrida buyuk sarkarda va davlat arbobi Jaloliddin Manguberdi haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun Xorazm viloyatiga...
Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai Munavvara ziyoratidan boshladi (video)

17.08.2022, 16:42

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan ushbu mamlakatga borgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai munavvara ziyoratidan boshladi. O`zbekiston rahbari Madina...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1