O`zbekistonlik migrant ustiga beton plita qulab tushishi oqibatida kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda huquq-tartibot idoralari manbasiga tayangan holda Nevsky News xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, voqea 27 dekabr kuni soat 20:00 (Rossiya vaqti bilan) atrofida Lavrikiyaga olib boruvchi trassada sodir bo`lgan. 25 yoshli o`zbekistonlik migrant og`ir ahvolda, reanimasiyaga yotqizilgan.
Aniqlanishicha, shifokorlar unga uzoq muddatli siqilish sindromi va turli jarohatlar: miya chayqalishi, yopiq miya jarohati, qovurg`a sinishi, pnevmotoraks, bosh va iyagidagi ko`karishlar hamda yaralar tashxisini qo`ygan.