2022 yilda yana 100 nafarga yaqin afg`onistonlik talabalar Termizga kelishi kutilmoqda.
Afg`onistondan 134 nafar talaba o`qishini davom ettirish uchun Surxondaryo viloyati Termiz shahriga etib keldi, deb xabar bermoqda Sputnik'ga tayanib Zamon.uz'nashri.
Qayd etilishicha, Afg`oniston uchun mutaxassislar tayyorlaydigan Termiz ta`lim o`quv markazi direktori Oybek Ro`ziev ma`lumotni tasdiqlagan.
"Afg`onistondan 134 nafar talaba o`qishini davom ettirish uchun keldi. Kayfiyati a`lo. Ta`tildan so`ng o`qishlar boshlanadi", — degan u.
Termizda afg`onistonliklar ikki mutaxassislik — o`zbek tili va adabiyoti fani o`qituvchisi va temir yo`l qurilishi va ekspluatasiyasi yo`nalishlarida tahsil oladi. O`qish puli paritet asosida to`lanadi.
2021 yilgi o`quv mavsumida Afg`onistondagi siyosiy vaziyat keskinlashuvi sabab birinchi kurs talabalari o`qishga qabul qilinmagandi. Lekin hozirda O`zbekiston va Afg`oniston rasmiylari o`rtasida kelishuvga erishilgan va 2022 yilda yana 100 nafarga yaqin afg`onistonlik Termizga keladi.






