AsosiyJamiyat

“UzAuto Motors” yoqilg`ini sezilarli darajada kam sarflovchi "Chevrolet Equinox 2022"ni taqdim etdi

'“UzAuto Motors”  yoqilg`ini sezilarli darajada kam sarflovchi "Chevrolet Equinox 2022"ni taqdim etdi'ning rasmi

Mazkur modelni “uning yangi gibrid tizimi” bor deb maqtalmoqda.

Bu haqda kompaniya axborot xizmati qayd etadi.

UzAuto Motorsning veb-saytida Equinox’ning yangi versiyasiga quyidagicha ta`rif beriladi:

— Yumshoq gibrid start-stop tizimi bilan ishlaydi. Ushbu avtomobillarda oddiy starter o`rniga kuchli quvvatli motor-generator o`rnatilgan. U sekinlashganda elektr energiyasini ishlab chiqarib, yuqori quvvatli akkumulyatorni zaryadlaydi. Ichki yonish dvigateli oddiy generatorni aylantirish uchun kamroq energiya sarflaydi yoki umuman sarflamaydi. Yangi gibrid tizimi aynan elektrmobilning elektr rejimida ishlay olmasa ham, u shunga o`xshash gibrid bo`lmagan versiyalarga nisbatan shaharda ham, magistralda ham yoqilg`i samaradorligini oshirishni ta`minlaydi.  

Qayd etilishicha, aynan ushbu tizim sababli yoqilg`i sarfi sezilarli darajada kamayadi va 100 km uchun atigi 7,01 litrni tashkil qiladi.

Shuningdek, ta`idlanishicha,  ushbu avtomobilning eng muhim afzalligi uning yangi gibrid tizimidir.

"Yangi gibrid tizim — Gibrid transportlar standart avtomobillarga nisbatan kamroq emissiyaga ega bo`lganligi sababli ekologik nuqtai nazardan to`g`ri yo`nalishdagi qadamdir",-deyiiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar