2022 yil kirib kelishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nomiga ko`plab xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli davlat va jamoat arboblaridan qutlovlar kelmoqda.
Bu haqda O`zbekiston prezidentining matbuot kotibi xabardor qilmoqda.
Unga asosan, tabriknomalarda davlat rahbariga baxt-saodat va yangi muvaffaqiyatlar, ko`p millatli o`zbek xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.
Jumladan, quyidagilar o`z tabriklarini yo`llagan:
Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin;
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin;
Qozog`iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboev;
Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev;
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov;
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon;
Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev;
Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko;
Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In;
Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida;
Germaniya Federal Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer;
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson;
Polsha Respublikasi Prezidenti Andjey Duda;
Italiya Respublikasi Prezidenti Serdjo Mattarella;
Sloveniya Respublikasi Prezidenti Borut Paxor;
Greziya Prezidenti Salome Zurabishvili;
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy;
Daniya Qirolichasi Margrete II;
Norvegiya Qiroli Xarald V;
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon;
Birlashgan Arab Amirliklari Vise-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo`mondoni o`rinbosari, Abu Dabi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o`rinbosari, ichki ishlar vaziri Sayf bin Zoid Ol Nahayon;
Iordaniya Podshohi Abdulla II;
Singapur Prezidenti Halima Yoqub;
Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Pak Byon Sok;
Kanada general-gubernatori Meri Saymon;
Rossiya Federasiyasi Xavfsizlik kengashi Raisining o`rinbosari Dmitriy Medvedev;
Rossiya Federasiyasi Bosh vaziri Mixail Mishustin;
Xitoy Xalq Respublikasi Raisining o`rinbosari Van Sishan;
Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Kesyan;
Singapur Bosh vaziri Li Syan Lun;
Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Ijroiya qo`mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev;
Evroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay`ati raisi Mixail Myasnikovich;
Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Bag`dod Amreev;
Xalqaro qishloq xo`jaligi rivojlantirish fondi prezidenti Jilber Fossun Ungbo.
Qayd etlishicha, qutlovlar kelishi hamon davom etmoqda.






