AsosiyJamiyat

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati qanchaga uzaytirilgani ma`lum qilindi

'Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati qanchaga uzaytirilgani ma`lum qilindi'ning rasmi

Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyuruvchi fuqarolarimiz fikrlarini inobatga olgan holda eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 3 oydan 1 yilgacha uzaytirilganligini eslatib o`tishni lozim deb topdik.

2021-yil 17-noyabrda “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida to`g`risida”gi Hukumat qaroriga o`zgartirishlar kiritildi.

Unga muvofiq, eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtirilishi belgilandi:

2010-yilgacha berilganlari – 2022-yil 31-martgacha;

2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2022-yil 30-iyungacha;

2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2022-yil 30-sentyabrgacha;

2015-yildan keyin berilganlari – 2022-yil 31-dekabrgacha.

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar