Bu haqda O`zbekistonning 2022—2026 yillarga mo`ljallangan taraqqiyot strategiyasida aytiladi.
2023 yil 1 yanvardan boshlab pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o`n barobaridan o`n ikki barobarigacha oshiriladi.
Shuningdek qayd etilishicha, O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi Qonuniga quyidagi o`zgartirishlarni kiritilishi nazarda tutilmoqda:
- ayollarga pensiya hisoblashda ularning bolani parvarishlash ta`tilida bo`lish vaqtining hammasini jamlaganda ish stajiga qo`shib hisoblanadigan 3 yillik davrni 6 yilga oshirish;
- nogironligi bolalikdan bo`lgan bolalarga 18 yoshgacha qaralgan davrni pensiya tayinlashda ish stajiga qo`shib hisoblash;