O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nomiga Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpindan mamlakatlarimiz o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan tabrik maktubi keldi.
Maktubda davlatimiz rahbariga muvaffaqiyatlar va mustahkam sog`lik, do`st O`zbekistonga ravnaq va kuch-qudrat, xalqimizga baxt-saodat va farovonlik tilaklari izhor etilgan.






