AsosiyJamiyat

Namanganda bayram arafasida haydovchi urib yuborgan 21 yoshli ayol shifoxonada vafot etdi

'Namanganda bayram arafasida haydovchi urib yuborgan 21 yoshli ayol shifoxonada vafot etdi'ning rasmi

2021 yil 26 dekabr kuni soat 18:00 larda, Chust tumani Zarafshon MFY hududida, Chust tumanida yashovchi, 1985 yilda tug`ilgan fuqaro VAZ-2103 rusumli avtomashinasini hech qanday hujjatlarsiz boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lni kesib o`tayotgan piyoda, Chust tumanida yashagan, 2002 yilda tug`ilgan ayolni urib yuborgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Natijada, piyoda olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo`yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 26 dekabr kuni O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar