Dehqonoboddagi maktab o`qituvchisi MDHning “Eng yosh olim-2021” “Yilning eng yaxshi pedagogi-2021” tanlovlari g`olibi bo`lib, “Xalqaro toifadagi o`qituvchi” maqomini qo`lga kiritdi
Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Dehqonobod tumani xalq ta`limi bo`limiga qarashli 69-IDUMning ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi, 1-toifali o`qituvchi Dilnoza Madrahimova Qozog`istonning Nursulton shahrida MDH miqyosida o`tkazilgan “Yil pedagogi-2021” hamda “Eng yosh olim-2021” xalqaro ilmiy-amaliy onlayn maqolalar ko`rik tanlovida “Ta`limga oid innovatsion yondashuvlar” yo`nalishi bo`yicha ilmiy maqolalalari bilan ishtirok etib ikkita yo`nalish bo`yicha 1- va 2-o`rinlarni qo`lga kiritib ko`krak nishon, diplom bilan taqdirlandi.
Shuningdek, ilmiy maqolalalari jurnalda chop etilib, “Xalqaro toifadagi o`qituvchi” maqomini qo`lga kiritdi.






