«Uzbekistan Airways» AJ xabar berishicha, meteorologik sharoit tobora yomonlashib borayotganligi (tuman, ko`rishning etarli darajada emasligi) munosabati bilan faqatgina 2022-yilning 2-yanvar kuni Toshkent - Urganch - Toshkent yo`nalishi bo`yicha HY-051/052 va HY-057/058 reyslari bekor qilindi.
Bekor qilingan aviaqatnov yo`lovchilari 2022 yilning 3-yanvar kuni amalga oshiriluvchi quyidagi reyslarda manzillariga etkaziladilar:
* HY-051/052 TAS-UGC-TAS (qulaylik yaratish maqsadida havo kemasi Boeing 767-300 modeliga o`zgartirildi)
* qo`shimcha reys HY-053/054 TAS-UGC-TAS
Aviaqatnovlar jadvali:
Toshkentdan
HY-051 - uchish 10:00, Urganchga qo`nish 11:30
HY-053 - uchish 10:30, Urganchga qo`nish 12:00
Urganchdan
HY-052 - uchish 12:30, Toshkentga qo`nish 13:50
HY-054 - uchish 13:00, Toshkentga qo`nish 14:20






