Qashqadaryoda sodir bo`lgan ayanchli YTHda 5 kishi halok bo`lgani aytilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi batafsil xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat quyidagicha bo`lgan:
1 yanvar kuni soat 13:00 larda, Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani hududidan o`tuvchi M-39 "Termiz-Toshkent" avtomobil yo`lida haydovchi, 1990 yilda tug`ilgan A.M. "Cobalt" rusumli avtomobilda yomg`ir yog`ayotganligini inobatga olmasdan, katta tezlik bilan harakatlanadi.
Oqibatda, rul boshqaruvini yo`qotib beton to`siqqa uriladi.
Ta`kidlanishicha, hodisa natijasida haydovchi A.M. hamda ushbu avtomobilda bo`lgan to`rt nafar yo`lovchilar olgan og`ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etishgan.
"Mazkur YTH yuzasidan Dehqonobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda",-deyiladi xabarda.






