AsosiyJamiyat

Nishon tumanida yo`l ta`mirini olib borayotgan ishchi mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi

'Nishon tumanida yo`l ta`mirini olib borayotgan ishchi mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, Nishon tumanida yo`l ta`mirini olib borayotgan ishchini mashina urib ketgani haqidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi. 

Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining ma`lum qilishicha, hodisa 2021 yil 27 dekabr kuni soat 19:00da sodir bo`lgan.

Ma`lum qilinishicha, Nishon tumani Shirinobod MFYda yashovchi P.T o`zining boshqaruvida bo`lgan "Neksiya" rusumli avtomashinasida "Nishon-Talimarjon" avtomobil yo`lining 25km.da ta`mirlash ishlari olib borayotgan Nishon tumani Yo`llaridan foydalanish UK yo`l bo`limi ishchisi S. I ni urib yuborib YTX sodir qilgan.

Ta`kidlanishicha, S. I olgan tan jaroxati oqibatida voqea joyida vafot etgan. 

"Hozirda mazkur holat yuzasidan Nishon tumani IIB TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar