AsosiyJamiyat

Buxoroda yuk avtomobili yonib ketdi

'Buxoroda yuk avtomobili yonib ketdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Vobkent tumanida yuk avtomobili yonib ketganligi bo`yicha ma`lumot berildi. 

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2022 yil 3 yanvar kuni soat 14:20 larda Buxoro viloyati, Vobkent tumani hududidan o`tuvchi M-37 avtomobil yo`lining 241-kilometrida haydovchi, 1986 yilda tug`ilgan A.R. boshqaruvidagi "Hyundai-Porter" rusumli yuk avtomobilining salon qismida yong`in yuzaga kelgan (harakat vaqtida). Haydovchi transport vositasini zudlik bilan to`xtatgan. Yong`in o`t uchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q. Transport vositasiga zarar etgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Vobkent tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar