AsosiyJamiyat

O`zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov 84 yoshga to`ldi

'O`zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov 84 yoshga to`ldi'ning rasmi

Bugun Kinematografiya agentligi rahbariyati tomonidan O`zbekiston xalq artisti, Davlat mukofoti laureati Yoqub Ahmedov 84 yoshi bilan tabriklandi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi xodimlari ustoz san`atkorning xonadonida bo`lishib, esdalik sovg`alarini taqdim etishdi.  

Ma`lumot uchun, Yoqub Ahmedov o`zining aktyorlik faoliyati davomida o`zbek milliy teatr va kino san`atida ko`plab rollarni ijro etgan. “Do`stlik” va “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan taqdirlangan.

Boshqa yangiliklar