AsosiySiyosat

Qozog`istondagi tartibsizliklar oqibatida halok bo`lgan va jarohatlanganlar soni ma`lum qilindi

'Qozog`istondagi tartibsizliklar oqibatida halok bo`lgan va jarohatlanganlar soni ma`lum qilindi'ning rasmi

Qozog`iston bosh prokuraturasi vakili Serik Shalabaev mamlakatda yuz bergan tartibsizliklar davomida 4,5 mingdan ziyod kishi jabrlangan, halok bo`lganlarning soni 225 kishini tashkil qilganini ma`lum qildi.

“Bugungi vaqtga kelib Qozog`istondagi tartibsizliklarda jami 4578 kishi jarohatlangan. Ulardan 3393 nafari xavfsizlik xodimlaridir. Tartibsizliklar oqibatida 225 kishi, jumladan, 19 nafar xavfsizlik xizmati xodimi halok bo`ldi”,  - dedi Shalabaev.

Avvalroq Qozog`iston prezidenti Qosim Jomart-Toqaev huquq-tartibot idoralari bilan uchrashuvi vaqtida tartibsizliklar paytida tinch aholi vakillaridan qurbon bo`lganlarning aniq sonini aniqlash bo`yicha topshiriq bergan edi. 

    Boshqa yangiliklar