1

Kunlalik nonushtangizning sog`lig`ingizga xavfi haqida bilasizmi? Shifokor tushuntirish berdi

Salomatlik 17.01.2022, 07:20
Kunlalik nonushtangizning sog`lig`ingizga xavfi haqida bilasizmi? Shifokor tushuntirish berdi

Rus gastroenterolog Vyalov nonushta uchun sariyog va pishloqli sendvichlarni sog`liq uchun xavfli deb atadi.

Shifokor o`zining Instagram'dagi sahifasida juda ko`p iste`mol qilingan sendvichlar oshqozon osti bezini ortiqcha yuklashini ta`kidladi.

Uning qayd etishicha, buning natijasida, pankreatit rivojlanishi mumkin. Chunki bu turdagi taomlarning doimiy iste`moli tufayli safro organning kanallariga tashlanishi mumkin.

Bundan tashqari, u turli gazaklar yurak-qon tomir tizimiga zarar etkazishi mumkinligini aytdi.

"Siz qanchalik ko`p hayvon yog`ini iste`mol qilsangiz, qondagi xolesterin va trigliseridlar darajasi shunchalik yuqori bo`lsa, ateroskleroz tezroq rivojlanadi. Natijad yurakdagi qon oqimi to`silib qoladi - yurakning ishemik kasalligi shu tarzda "tashrif buyuradi", - deydi Vyalov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1