1

Oltinko`l tumanida qalbaki dollarni muomalaga kiritmoqchi bo`lganlar qo`lga olindi

Jinoyat 17.01.2022, 17:13
Oltinko`l tumanida qalbaki dollarni muomalaga kiritmoqchi bo`lganlar qo`lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltinko`l tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.S., I.O. va T.K.lar oldindan til biriktirib, fuqaro O.ga qalbaki 400 AQSh dollarini 2,1 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.  

" Hurmatli fuqarolar, qalbakiligini bilmagani holda qalbaki valyuta qimmatliklarini olib, uni keyinchalik o`tkazgan shaxsning qilmishi ham jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Shu bois, o`zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda O`zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to`lov vositasi hisoblangan milliy valyuta “so`m”dan yoxud chet el valyutasida ochilgan hisobvaraqlardan foydalanish orqali o`zingizni noqonuniy harakatlardan asragan bo`lasiz, - deyiladi 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1