1

Xorazmda ota o`z o`g`lini o`ldirib qo`ydi

Jinoyat 18.01.2022, 14:47
Xorazmda ota o`z o`g`lini o`ldirib qo`ydi

Bog`li tumanida ota mast holatda o`z o`g`lini pichoqlab o`ldirdi. Bu haqda Bog`ot tumani hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 60 yoshli Azamat Ibrohimov (ism- familiyalari o`zgartirilgan) muqaddam sodir qilgan jinoyatlari uchun bir necha bor sudning qora kursisiga o`tirib, jazolangan bo`lsada, bundan o`ziga tegishli xulosalarni chiqarib olmasdan yana jinoyat sodir etdi.

Avvaliga muqaddam sodir qilgan jinoiy qilmishlari uchun jazosini o`tab kelib, oilasi bilan tinch-osuda hayot kechirardi. Biroq, keyinchalik spirtli ichkilik ichishga ruju qo`ydi.

Ichib, tinchgina o`tirsa ham mayli, to`polon qilib hammani bezor qilishni odat qildi. Kundalik janjallardan bezigan kichik o`g`il alohida uyga chiqib ketdi.

Bebosh otaning xarxashasini ko`tarish katta o`g`ilga qoldi. Katta o`g`il ham otasi ichgan kunlari boshqa qarindoshlarinikida tunardi.

Fojia yuz bergan kuni, ya`ni 2021 yil 8 may kuni ham Urganch shahrida ishlari bilan yurgan kichik o`g`ilga akasi qo`ng`iroq qilib, otasi yana ichib olib, xurmacha qiliqlarini boshlaganligini, mahalla fuqarolar yig`ini raisi bilan ham tinchlantira olishma olmayotganliklarini aytib noligan va shu sababli o`zi ham kelib, otasini uyiga kiritib tinchlantirishda yordam so`ragan.

Kun botar payt do`stining mashinasida uyiga kelgan kichik o`g`il va aka bir amallab mast-alast otasini uyiga kirgizib, yotqizishdi va engil tin olgan aka ukasiga otasi uxlab qolganiga ishonch hosil qilganidan keyin birgalikda dam olishini aytib, o`zi bilan kelgan do`stining mashinasida kutib turishini aytadi va otasi uxlab yotgan uyning eshigini yopib qo`yish uchun uyi tomonga buriladi.

Biroq, ichkilik ta`sirida aqli xiralashgan ota o`g`illarining o`zini tinchlantirish uchun qilgan harakatlarini haqorat kabi qabul qilib, haligacha tinchlanmagan edi va turli bema`ni xayollar ta`sirida oshxonaga kirib qo`liga pichoq oladi.

Tashqarida esa «otam tinchlandi» deb o`ylab endigina ketmoqchi bo`lib turgan katta o`g`il, nogahon ko`ksiga sanchilgan pichoq hamda otasining «senga shu kerakmidi, o`lsang o`lib ket...» degan hayqirig`idan karaxt holatga tushib, ko`ksini changallab qoldi.

Etkazilgan jarohat shu darajada og`ir ediki, uning zudlik bilan tuman Tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo`limiga yotqizilgani ham, tezkor muolajalar olib borilgani ham saqlab qola olmadi,  yosh va navqiron yigitning hayotiga nuqta qo`ydi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Bog`ot tuman sudi Azamat Ibrohimovga 10 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1