Bu haqda Darakchi muxbiri xabar berdi.
Shou-biznesda taqdimotlar ko`p bo`ladi. San`atkorlar musiqiy albomlarini katta tantanalar bilan tomoshabin e`tiboriga havola etishadi. Bugun, 19 yanvarda xonanda Imron tomonidan tashkil etilgan yangi musiqiy al`bom taqdimoti tor doirada o`tkazildi. Musiqiy al`bomning e`tiborli tarafi shundaki, qo`shiqlar disk formatiga emas, balki fleshkaga yozilib, muhlislarga taqdim qilinyapti. Ushbu inovasiyon g`oyani honandaning do`sti taklif qilgani haqida Imron aytib o`tdi. Marosimga tashrif buyurganlar birma-bir so`zga chiqisharkan, O`zbekistonda birinchi bor musiqiy albom bunday usulda taqdim etilayotgani muxlislarga qulaylik yaratdi.
Rihsitilla Abdullaev:
— Ochig`ini aytsam qachon so`nggi bor disk formatida biror narsa tomosha qilganimni eslay olmayman. Hattoki, to`yimni ham qachondan buyon disk formatiga ko`chiraman deya hafsala qilmayotgandim. Endi esa birvarakayiga fleshkaga to`yimni ko`chirib yozdirish arafasidaman. Shundan ham ko`rinib turibdiki, zamonamizni allaqachon mitti fleshkalar egallab bo`lgan va aynan Imron tomonidan bu g`oya birinchi oldingi surilgani quvonarli hol!
Shu o`rinda xonanda ham barcha yig`ilganlarga samimiy minnatdorchiligini bildirib o`tdi.