Nurafshonda 27 yoshli fuqaro onasi bilan "otamlashib" o`tirgan erkakni urib o`ldirdi

Jinoyat 22.01.2022, 13:33
Nurafshonda 27 yoshli fuqaro onasi bilan "otamlashib" o`tirgan erkakni urib o`ldirdi

Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 17 yanvar kuni soat 21:30 larda 27 yoshli P.M. Nurafshon shahar “Nurafshon” mahallasida joylashgan o`zining yashash xonadonidagi ovqatlanish xonasiga kirib, shu erda bo`lgan onasi 55 yoshli B.D. tanishi 57 yoshli N.R. bilan birgalikda spirtli ichimlik iste`mol qilib o`tirganligini ko`radi. Bundan jahli chiqib N.R. bilan o`zaro janjallashib, janjal natijasida P.M. yog`och bo`lagi bilan N.R,ning chap son qismiga va tanasining duch kelgan joylariga qo`li va oyog`i bilan urib, tepib tan jarohati etkazgan.

Natijada N.R. olgan tan jarohatlari bilan Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi olib kelinib, unga tez tibbiy yordam ko`rsatilishiga qaramasdan ushbu tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Holat yuzasidan Nurafshon shahar IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan P.M.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o`lishiga sabab bo`lgan qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1