1

Farg`onadagi savdo do`koni yonib ketdi

Jamiyat 23.01.2022, 20:47
Farg`onadagi savdo do`koni yonib ketdi

Farg`ona shahridagi Bozorboshi ko`chasida joylashgan savdo do`konida bugun yong`in yuz berdi.

Qayd etilishicha, hodisa tungi soat 01:08larda Farg`ona shahrining “Furqat” MFYda yaqinidagi savdo do`konida yuz bergan.  

Viloyat IIBning xabar berishicha, yong`in tegishli kuch vositalar yordamida o`z vaqtida bartaraf etilgan.  

"Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo`q. Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi hamda FVB xodimlari tomonidan tekshiruv o`tkazilmoqda",-deyiladi IIB xabarida.

Shuningdek, fuqarolardan kuz-qish mavsumida yong`in xavfsizligi qoidalariga qat`iy amal qilish so`ralmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1