AsosiyJinoyat

Qibrayda dehqon xo`jaligi uchun ajratilgan er maydonini sotgan shaxslar aniqlandi

'Qibrayda dehqon xo`jaligi uchun ajratilgan er maydonini sotgan shaxslar aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi

Unda, fuqaro T.X. va boshqalar Qibray tumanida Q. fermer xo`jaligining ijara asosida foydalanib kelayotgan er maydonining 30 sotixi T.X.ga dehqon xo`jaligi yuritish uchun ajratilganligidan foydalanib, ushbu er maydonini beton to`siqlar bilan o`rab, hujjatlarni soxtalashtirish yo`li bilan fuqaro S.ga sotib, davlat va jamiyat manfaatlariga 336,7 mln so`m zarar etkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o`z vakolatlarini suiiste`mol qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar