Sevimli

Toshkentda terrorchilik tashkilotiga a`zo bo`lgan kattagina guruh ushlandi

Jinoyat 27.01.2022, 09:37
Toshkentda terrorchilik tashkilotiga a`zo bo`lgan kattagina guruh ushlandi

Huquqni muxofaza qiluvchi idoralar tomonidan hamkorlikda “Tavhid va jihod katibati” terrorchilik guruhi qo`lga olindi.

Toshkent shahar IIBning qayd etishicha, guruh O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2016 yil 26 sentyabrdagi qarori bilan terroristik deb topilgan.

Ular Toshkent shahri hududida jamoaviy yig`inlarni o`tkazib, kelgusida Suriya hududida faoliyat yuritayotgan terrorchilik tashkilotlarining safiga qo`shilishni rejalashtirib kelgan.

Aniqlangan “Tavhid va jihod katibati” tarafdorlarining soni 30 nafarga yaqin bo`lib, yoshlardan iborat ekanligi, ularning ayrimlari Andijon, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan Toshkent shahriga ishlash maqsadida kelganliklari ma`lum bo`lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari davom ettirilayotgani ma`lum qilindi.

"Shu o`rinda, fuqarolarimiz, ayniqsa yoshlarimizni ogohlantirib, bu kabi qonun buzilishlariga yo`l qo`ymaslik maqsadida, buzg`unchi g`oyalar ta`siriga tushib, ijtimoiy tarmoqlarning shubhali saytlaridagi da`vatlarga aldanib qolmasliklarini, jamoat tartibiga taxdid soluvchi materiallardan foydalanmasliklarini, ularni saqlamasliklarini va tarqatmasliklarini so`raymiz. Bu kabi noqonuniy harakatlar uchun jinoiy javobgarilk mavjudligini unutmang",-deyiladi IIB xabarida.

Шарҳлар