AsosiySiyosat

Qirg`iziston va Tojikiston chegarasida so`nggi soatlarda nimalar ro`y berdi?

'Qirg`iziston va Tojikiston chegarasida so`nggi soatlarda nimalar ro`y berdi?'ning rasmi

Tojikiston tomoni Qirg`iziston hududini o`qqa tuta boshladi, deb xabar qildi payshanba kuni Qirg`iziston chegara xizmati matbuot xizmati.

- Tojik-qirg`iz chegarasidagi mojaroda Xo`jai A`lo qishlog`ida yashovchi Obidchon To`ychiev uyiga snaryad tushishi natijasida halok bo`ldi, - dedi Isfara shahar hokimligi matbuot kotibi Zubaydullo Shomadov.

- Mahalliy vaqt bilan 23:50 da qirg`iz-tojik chegarasida 10 daqiqa o`q otish to`xtagan. Bu vaqtda Qirg`iziston va Tojikiston rasmiy vakillari o`zaro muzokara uchun uchrashishlari kerak edi. Lekin tojik tarafi kelishuvni buzib, qirg`iz harbiylari pozisiyasiga qarata bir tomonlama o`t ochishni boshlagan.

- Tojikiston chegara qo`shinlari Qirg`iziston chegaradagi to`qnashuvlarda dronlardan foydalanayotganini ma`lum qildi.

- Otishmalar tufayli qirg`izlarning tinch aholisi maktablarga joylashtirildi. Odamlar uylarini mashinalarida tark etishmoqda, mahalliy hokimiyat ham evakuasiya qilishga yordam bermoqda. O`nta qishloq aholisi evakuasiya qilindi, - deyiladi xabarda.

- Tojikiston-Qirg`iziston chegarasidagi mojaroni hal qilish uchun Qirg`iziston Respublikasi Prezidentining Botkendagi vakolatli vakili Abdikarim Alimbaev va So`g`d rahbari Rajabboy Ahmadzoda uchrashishi rejalashtirilgan edi. Biroq o`zaro qarama-qarshiliklar davom etishi natijasida uchrashuv o`tkazilmadi.

- Tojikiston Davlat xavfsizlik milliy qo`mitasining rasmiy versiyasi o`z bayonotida quyidagilarni ma`lum qildi:

"Qirg`iz tomoni uchrashuvga kelmadi. Buning o`rniga ko`prik perimetri bo`ylab o`q otish pozisiyasini egallagan Qirg`iziston Respublikasi chegarachilari tinch aholiga qarata o`t ochishdi. Ayni paytda Qirg`iziston tomonidan otishmaning qizg`inligi ortib bormoqda", dedi huquq-tartibot idorasi.

Ular, shuningdek, Qirg`iziston Respublikasi rasmiylari “ommaviy axborot vositalarida soxta va yolg`on ma`lumotlarni faol ravishda qayta ishlayotganini” ta`kidladilar.

O`z navbatida, Qirg`iziston Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi aynan Tojikiston tomoni o`t ochishni to`xtatish kelishuvini buzgan va o`q uzishda davom etganini da`vo qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar