Xabaringiz bor, dekabr oyida "UzAuto Motors" "Nexia", "Spark", "Cobalt" va "Lacetti" avtomobillarini sotish bo`yicha yangi arizalar qabul qilish vaqtincha to`xtatilgani haqida e`lon qilgan edi.
O`tgan ikki oylik muddatda avval shartnoma qilgan mijozlarga mashinalar etkazib berilayotgani aytildi. Kuni kecha bo`lib o`tgan mashinasozlik sanoatida amalga oshirilayotgan ishlarga bag`ishlangan yig`ilishda davlat rahbari avtomobillarga navbatlarni kamaytirish bo`yicha aniq topshiriqlar berdi.
"UzAuto Motors" “darakchi.uz”ga mijozlarning avtomobillarga bo`lgan navbatlarini kamaytirish borasidagi rejalarini ma`lum qildi.
Ma`lum qilinishicha, yil boshidagi 89,3 ming dona qarzdorlik bugungi kunda 54 ming donaga qisqartirildi va yana qisqartirish bo`yicha aniq ishlar qilinmoqda.
Kompaniya taqdim etgan ma`lumotlarga ko`ra, ishlab chiqarish xajmi oshirilishiga erishilgan. Jumladan, "Lacetti" uchun 51 mingdan 80 mingga (+57%), "Cobalt" uchun 80 mingdan 100 mingga (+25%) va "Damas" uchun 72 mingdan 90 mingga (+25%) oshib borgan.
Shuningdek, "Lacetti" va "Cobalt" modellariga pul to`lagan mijozlarga "Nexia" modeliga o`zgartirib berish taklifi berilmoqda.






