AsosiyJinoyat

Ishga kiritishni va`da qilgan buxorolik firibgarning rejasi amalga oshmadi

'Ishga kiritishni va`da qilgan buxorolik firibgarning rejasi amalga oshmadi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo`limi va DXXning viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi.

Natijada fuqaro O.U. boshqa bir fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, uni go`yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida iste`molchilar huquqlarini himoya qilish bo`limiga ishga joylashtirib qo`yish evaziga 1 ming 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28-, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar