Joriy yilning 17 fevral kuni soat 12:30 larda noma`lum shaxs Yashnobod tumani Aviasozlar 1-dahasida joylashgan uylarning birida, ikkinchi va uchinchi qavatlar zinapoyasi yo`lagida turib olib, ushbu zinapoyadan, o`zini uyiga kirish uchun ko`tarilayotgan 73 yoshli V.P.ni to`xtatib, unga kuch ishlatishi bilan qo`rqitib, qo`lida bo`lgan sumkasini talonchilik yo`li bilan tortib olib, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi 18 yoshli K.Sh. sodir etganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan K.Sh.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda yuqoridagi shaxs nima sababdan talonchilikka qo`l urganligi aniqlanmoqda.






