AsosiySiyosat

"Vataniga bostirib kelganga qarshi kurashish, har qanday sharoitda ham to`g`ri! Birovning vataniga bostirib borish, sababi nima bo`lishidan qat`iy nazar noto`g`ri!"

'"Vataniga bostirib kelganga qarshi kurashish, har qanday sharoitda ham to`g`ri! Birovning vataniga bostirib borish, sababi nima bo`lishidan qat`iy nazar noto`g`ri!"'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o`rinbosari, “Milliy tiklanish" DP MK raisi Alisher Qodirov Rossiya - Ukraina o`rtasida kechayotgan urushga munosabat berdi.

"Vataniga bostirib kelganga qarshi kurashish, har qanday sharoitda ham to`g`ri! Birovning vataniga bostirib borish, sababi nima bo`lishidan qat`iy nazar noto`g`ri!

O`zbek xalqi asrlar davomida orttirgan davlatchilik tajribasi asosida doimo vazmin xulosalar, pragmatik muzokaralar tarafdori bo`lgan va tinchlikni qadrlagan.  

Ukrainadagi inqiroz bo`yicha bildirilgan O`zbekiston pozisiyasini to`g`ri deb hisoblaymiz va qo`llab-quvvatlaymiz.

Do`st ukrain va rus xalqlari boshidagi qonli qora bulutlarni tezroq bartaraf bo`lishidan umidvormiz.

Jonajon O`zbekistonimiz tinch bo`lsin!",– deyiladi Alisher Qodirov munosabatida

Avvalroq, Shavkat Mirziyoev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilib, Ukraina atrofida yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashgani haqida xabar bergan edik. 

    Boshqa yangiliklar