Avval xabar berganimizdek, Xotin-qizlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash bo`yicha Prezident boshchiligida videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.
Amaldagi tartibga muvofiq, tazyiq va zo`ravonlikka uchragan ayollar 30 kun muddatga alohida himoyaga olinadi. Lekin, bu muddat o`tgandan keyin ular bilan ishlash tizimida bo`shliq bo`lib qolgan.
Bundan buyon, ayollarning tazyiq va zo`ravonlikdan himoyasi sud tomonidan kafolatli ta`minlanadi. Alohida himoyaga olish bir yilgacha muddatga belgilanadi.
Bunda:
- mahalla raisi Ayollarga nisbatan tazyiq va zo`ravonlikni oldini olish komissiyasiga bosh bo`ladi;
- mahalladagi xotin-qizlarga mas`ul ayol jabrlangan ayollarga motivasiya beradi, turmush qiyinchiliklarini engishni o`rgatadi, bunga psixologlarni jalb qiladi;
- hokim yordamchilari bunday oila a`zolarining bandligini ta`minlaydi;
- profilaktika inspektori zo`ravonlik sodir etgan shaxsning xulq-atvorini o`zgartirish choralarini ko`radi.
Senat, Oliy sud va Bosh prokuratura bilan birgalikda ayollarga nisbatan tazyiq va zo`ravonlikni oldini olishga qaratilgan yangi tizim yaratish bo`yicha takliflar ishlab chiqiladi.






