AsosiySiyosat

Farzand tarbiyasi, kelgusi taqdirida ota-onaning mas`uliyatini oshirishimiz kerak — Prezident

'Farzand tarbiyasi, kelgusi taqdirida ota-onaning mas`uliyatini oshirishimiz kerak — Prezident'ning rasmi

Oilaning jamiyatdagi roli va uning ma`naviyatini oshirish dolzarb masalalardan biridir. Yig`ilishda Prezident shunday dedi: 

— Farzand tarbiyasi, kelgusi taqdirida ota-onaning mas`uliyatini oshirishimiz kerak. Men buni bejiz aytayotganim yo`q. Chunki hayotda shu bilan bog`liq jiddiy muammolar saqlanib qolmoqda.  

Shu o`rinda og`riqli bir savol: nima uchun hali katta hayotga tayyor bo`lmagan yosh qizlarni turmushga berish holatlari kamaygani yo`q?  

Afsuski, ba`zi onalar qizini imkon qadar tezroq uzatishga harakat qiladi. Farzandining ko`nglida qanday orzu-istaklari, maqsadlari borligi bilan qiziqmaydi. O`qigan, kasb-hunari bor ayollarini ishlashiga yo`l bermayotgan erkaklar ham bor.

O`z davrida jadid bobolarimiz qizlarni oilaga tayyorlash, ayollarni millat tarbiyachisiga aylantirishga eng muhim masala deb qaraganlar

Buyuk ma`rifatparvar Abdurauf Fitrat: “Farzandlarimizni yaxshi xulq egalari qilib tarbiyalashimiz uchun avvalo, millat onalari tarbiya va ilm olishlari lozim”, deb yozgan edi.  

Bu da`vat bugun ham jamiyatning bosh vazifalaridan biri hisoblanadi".

    Boshqa yangiliklar