AsosiySiyosat

2022-2024 yillar uchun “Biznes ayollar” dasturi qabul qilinadi

'2022-2024 yillar uchun “Biznes ayollar” dasturi qabul qilinadi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida bo`lib o`tayotgan videoselektor yig`ilishida bugungi kunda O`zbekistonda faoliyat yuritayotgan 400 dan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti ayollarni kasbga o`qitish, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, ijtimoiy yordam ko`rsatish bo`yicha yaxshi tajriba yaratgani ta`kidlandi.

Shu bois, qishloq joylarida bunday loyihalarni amalga oshirish uchun nodavlat tashkilotlarga 2 milliard so`mgacha grantlar ajratiladi.

O`zi yoki qaramog`ida nogironligi bor yaqini bo`lgan xotin-qizlarga ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish, ularni kasbga o`qitish borasida, nodavlat notijorat tashkilotlariga berilayotgan grantlar miqdori 5 baravarga oshirilib, 200 million so`mgacha etkaziladi (amalda 40 million so`m).

"Ayollar bandligini ta`minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish uchun, qo`shimcha shart-sharoitlar yaratamiz", dedi Prezident.

Buning uchun, eng avvalo, tadbirkor ayollar ulushini hozirgi 25 foizdan 40 foizga etkazish bo`yicha 2022-2024 yillar uchun “Biznes ayollar” dasturi qabul qilinadi.

Ushbu dastur ijrosiga jami 8 trillion so`m mablag` yo`naltiriladi.

    Boshqa yangiliklar