Davlatimiz rahbari yig`ilishni yakunlar ekan, shunday dedi:
“Yurtimizda “Ayol baxtli bo`lsa, jamiyat baxtli bo`ladi”, degan ezgu qarash hayotimiz qoidasiga aylanishi uchun barchamiz birgalikda harakat qilishimiz kerak.
Biz mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha opa-singillarimiz, qizlarimiz, mo``tabar onalarimizga munosib sharoit yaratib berish uchun bundan buyon ham barcha imkoniyatlarni ishga solamiz.
Bir narsani alohida ta`kidlab aytmoqchiman: xotin-qizlar va oila masalasi – bu kundalik ishlar orasida shunchaki nomiga shug`ullanadigan masala emas.
Bu nafaqat bugungi kunimiz, balki ertangi kelajagimizni ham belgilab beradigan vazifa, kerak bo`lsa, masalalarning masalasidir.
Agar biz mehr-oqibat va sadoqat timsoli bo`lgan mehribon va mo``tabar ayollarga bitta yaxshilik qilsak, ishoninglar, bu o`zimizga o`nta yaxshilik bo`lib qaytadi.
Aziz opa-singillarimiz, onalarimiz bu yaxshilikning albatta qadriga etadi, hayotdan rozi bo`lib, shukronalik bilan yashaydi”






