AsosiyJinoyat

Chilonzorda salkam 3000 dona kuchli ta`sir qiluvchi dorilarni sotayotganlar qo`lga olindi

'Chilonzorda salkam 3000 dona kuchli ta`sir qiluvchi dorilarni sotayotganlar qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo`limlari tomonidan DXX va IIBB bilan “M.P.” MChJga qarashli dorixonada  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, MChJ rahbari 5 dona “Zardeks” nomli dori vositasini 100 ming so`mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan tegishi hujjatlari bo`lmagan sotish uchun mo`ljallangan 2 580  dona “Karbamazepin”, 434 dona “Lirika” va 31 dona “Naftezin” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta`sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar