AsosiyJamiyat

Sirdaryoda yana suv talofati: bozor yopilib, odamlar ko`chirilayotgani aytilmoqda

'Sirdaryoda yana suv talofati: bozor yopilib, odamlar ko`chirilayotgani aytilmoqda'ning rasmi

Sirdaryo viloyatida joylashgan "Baxt" bozorini, masjid va ba`zi uylarni suv bosdi. Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur holatlar aks etgan tasvirlar tarqalmoqda.

Videoda berilgan izohlarga ko`ra, bozor yopilib odamlar ko`chirilmoqda.

Kecha, 15 mart kuni viloyat FVB yuzaga kelgan muammolar ya`ni suvlarning to`planib qolishini oldini olish va bartaraf etish bo`yicha hududiy hokimliklar, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning hududiy bo`limlari hamda ixtisoslashtirilgan xizmatlar bilan hamkorlikda barcha zarur choralar ko`rilayotganini ma`lum qilgandi. Qayd etilishicha, vaziyat to`liq nazorat ostida.

Eslatib o`tamiz, "O`zgidromet" 16-19 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg`ir sabab Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg`ona, Andijon viloyatlarining qator tumanlarida sel kelishi xavfini e`lon qilgandi.

Xususan, kecha Jizzax viloyatining ba`zi hududlariga sel keldi. Shuningdek, Samarqand ko`chalari ham suvga to`lgan.

Ma`lumot uchun, O`zbekistonda sovuq haqo oqimi kirib kelmoqda. Aynan shu antisiklon oxirgi paytlarda janubdan tinmay rivojlanayotgan yomg`irli janubiy siklonlar faolligiga ''chek qo`yishi'' kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar