Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasining Ishtixon tuman Davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi R.B. pora bilan ushlandi. Bu haqda O`zA xabar qildi.
1995 yilda tug`ilgan R.B. xizmat vokolatidan foydalangan holda Kattaqo`rg`on tumanida yashovchi fuqaro R.Sh. bilan jinoiy til biriktirgan holda tumandagi mas`uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli bo`lgan er maydoni hududida tikuvchilik xamda pishiriq ishlab chiqarish sexlari qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga mahalliy fuqarodan 12 ming AQSh dollari talab qilib, kelishilgan mablag`dan 6 ming AQSh dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtida jinoyat ustida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.