AsosiyJamiyat

Agar Bosh prokuraturaning aybi bo`lsa, bajonidil ikki qo`limizni ko`taramiz — Svetlana Ortiqova Bosh prokuraturaning marhum 33 yoshli xodimi masalasida gapirdi

'Agar Bosh prokuraturaning aybi bo`lsa, bajonidil ikki qo`limizni ko`taramiz — Svetlana Ortiqova Bosh prokuraturaning marhum 33 yoshli xodimi masalasida gapirdi'ning rasmi

Kuni kecha, bir muddat avval vafot etgan Bosh prokuratura xodimining o`limi bo`yicha Toshkent shahar sudi rasmiy axborot berib, marhumning rafiqasiga 1 mlrd. so`mdan ortiq miqdorda ma`naviy zarar to`lanishi haqida qaror chiqqanini e`lon qildi. Shundan so`ng, holat bo`yicha Bosh prokuratura tomonidan e`tiroz tarzidagi rasmiy bayonot berildi. AOKAda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida mazkur holatga batafsil izoh berildi.

"Tibbiy xulosalarga ko`ra, Bosh prokuratura xodimi Samir Rahmonov, ish joyida emas, shifoxonaga olib borilgan va o`sha erda vafot etgan. Bu birinchi masala. Ikkinchi masala: yanvar oyida ishni tugatish haqida sud qarori chiqqan edi. Chunki da`vogar, ya`ni Rahmonovning otasi vafot etdi. Bu qaror hamon kuchda, uni hech kim bekor qilgani yo`q. Uchinchidan, marhumni sud-tibbiy ekspertizasidan o`tkazish kerak, buning uchun da`vogar rozi bo`lmagan, hozir da`vogar ham marhum. Shuningdek, Fuqarolik kodeksining 1021-moddasiga ko`ra, ma`naviy zararni undirishda, uni  etkazuvchining aybini isbotlash kerak. Bundan tashqari, sud o`z tashabbusi bilan da`vogarni ham o`zgartirgan, bu erda Fuqarolik prosessual Kodeksining 124-moddasi talablari buzilgan. Sud o`z tashabbusi bilan amaldagi sud qarori mavjud bo`la turib, u bekor qilinmasdan, o`z tashabbusi bilan da`vogarni o`zgartirgan. 

Bu erda Bosh prokuraturaning aybi yo`q. Agar xizmat bilan bog`liq o`lim bor bo`ladigan bo`lsa, u albatta xizmat vazifasi jarayoni bilan bog`liq bo`lishi kerak. Bu qonunni men ishlab chiqqanim yo`q, ammo bu qonunga itoat qilishga majburman. Shunga ko`ra, Rahmonovning o`limi xizmat bilan bog`liq emas, degan xulosaga kelingan. Agar Bosh prokuraturani aybi bo`lsa, bajonidil ikkita qo`limizni ko`taramiz. 

Shuni ham aytib o`tish kerakki, marhumning o`zi va oilasi himoya qilingan va ularga etarlicha yordam berilgan", - deya izoh berdi Bosh prokuror o`rinbosari Svetlana Ortiqova .

    Boshqa yangiliklar