Xabaringiz bor 2021 yil 18 oktyabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasini dekan o`rinbosari zo`rlashga harakat qilgani va qiz o`zini himoya qilish uchun derezaga talpinganda "zam dekan" uni itarib yuborgani haqida xabar tarqalgan va shunga ko`ra, dekan o`rinbosari Yu.B.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanilib, mazkur holat bo`yicha tergov harakatlari yakunlanib, ish sudga oshirilgan edi.
Toshkent shahar sudi Matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun jinoyat ishlari bo`yicha Yakkasaroy tuman sudida Jinoyat kodeksining 25,118-moddasi 1-qismi va 104-moddasi 1-qismi bilan ayblangan B. Yu. ga oid jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha sud jarayoni boshlandi.
B. Yu. ga oid jinoyat ishi Jinoyat-prosessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko`rilishi) 1-qismiga muvofiq yopiq sud majlisida ko`rilishi ma`lum qilinadi.
Ta`kidlanishicha, qo`shimcha ma`lumot sud jarayoni yakuni bo`yicha beriladi.
Eslatib o`tamiz, mazkur voqea sodir bo`lgan davrda "darakchi.uz" tafsilotlarni batafsil o`rganish uchun talaba qiz olib borilgan shifoxonada bo`lib, jabrdiyda va uning onasi bilan suhbat o`tkazgan edi.