Ozodbek Nazarbekov: "Andijon polkasini YuNESKO ro`yxatiga kiritish bo`yicha harakatlar boshlangan"

Madaniyat 27.04.2022, 20:21
Ozodbek Nazarbekov: "Andijon polkasini YuNESKO ro`yxatiga kiritish bo`yicha harakatlar boshlangan"

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 25-30 aprel kunlari Xiva shahrida “Lazgi” xalqaro raqs festivali bo`lib o`tmoqda. 

Xabaringiz bor, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning topshirig`i bilan "Andijon polkasi" kuyi yaratilganining 100 yilligi "Andijon polkasi" raqs ansambli tashkil etilganining 65 yilligi munosabati bilan 25 apreldan boshlab viloyatda "Andijon polkasi" oyligi e`lon qilindi.

Unga ko`ra, barcha tashkilot va muassasa rahbarlari, ya`ni o`zini haqiqiy andijonlikman deb bilganlar jamoasi hamkasblari bilan har kuni "Andijon polkasi"ga raqs tushishni odat qilishlari kerak. 

 Xiva shahrida o`tkazilayotgan «Lazgi» xalqaro raqs festivalida ishtirok etayotgan darakchi.uz muxbiri Karimjon Zaripov xabar berishicha,  festival doirasida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov OAV vakillarining qator savollariga javob qaytardi. 

Nazarbekov intervyu davomida Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning o`zini haqiqiy andijonlikman deb bilganlarga har kuni «Andijon polkasi»ga raqsga tushish topshirig`iga nisbatan munosabat bildirarkan, «Bu juda ham yaxshi tashabbus, buni qo`llab-quvvatlayman», deya javob bergan.

Shuningdek, u «Andijon polkasi»ni O`zbekiston madaniy merosining elementi sifatida Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro`yxatiga kiritish borasida harakatlar boshlangani va bu davom etayotganini qayd etgan.

«Nomoddiy madaniy meroslarimizni YuNESKOga kiritish maqsadida har yili tashkilotga yangi-yangi ro`yxatlar kiritib, takliflarimizni bildirib boramiz. Oxirgi paytlarda bir qancha noyob meroslarimiz qatori «Andijon polkasi» ham taklif qilinmoqda. Jarayon allaqachon boshlangan va bu davom etyapti. O`ylaymanki, YuNESKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo`yicha hukumatlararo qo`mitasi yaqin yillar ichida «Andijon polkasi»ni ham ro`yxatga olish bo`yicha qaror chiqaradi. Bu raqsimiz ham tarixga muhrlanadigan asarlardan biri», — degan madaniyat vaziri.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1