AsosiyJamiyat

"U namanganlik bo`lgan". Bosh prokuratura joniga qasd qilgan jahon tillari universiteti talabasi bo`yicha bayonot berdi

'"U namanganlik bo`lgan". Bosh prokuratura joniga qasd qilgan jahon tillari universiteti talabasi bo`yicha bayonot berdi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, bugun, 29 aprel kuni soat 08:10 larda O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi o`z joniga qasd qilgan.

Bosh prokuratura holat yuzasidan bayonot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, talaba universitet ma`muriy binosining 4-qavatidan o`zini tashlagan. Talaba, 2001 yil Namangan viloyatida tug`ilgan.

"Hozirda sodir etilgan hodisaning aniq sabablarini aniqlash, ish uchun ahamiyatli bo`lgan iz, dalil va boshqa muhim buyumlar inson ta`siri oqibatida yo`qolishi yoki shikast etkazilishini oldini olish maqsadida, jinoyat prosessual qonunchiligiga rioya qilgan holda Uchtepa tuman prokuraturasi tomonidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar