AsosiyJamiyat

Farg`ona-Urganch-Farg`ona yo`nalishi bo`yicha aviqatnovlar qayta yo`lga qo`yildi

'Farg`ona-Urganch-Farg`ona yo`nalishi bo`yicha aviqatnovlar qayta yo`lga qo`yildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki turizm xizmatlarini diversifikasiya qilishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

Farg`ona viloyati hokimligi xabariga ko`ra, unda belgilangan topshiriqlar ijrosi doirasida, Farg`ona-Urganch-Farg`ona yo`nalishi bo`yicha aviqatnovlar qayta yo`lga qo`yildi.

Qayd etilishicha, aviqatnovlar Farg`ona xalqaro aeroportidan Urganchga hozircha haftada bir marta – chorshanba kuni muntazam ravishda amalga oshiriladi. Keyinchalik reyslar sonini haftasiga uch marotabaga chiqarish ko`zda tutilgani aytiladi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Farg`ona – Mo`ynoq – Farg`ona yo`nalishida aviaqatnovlar tashkillashtirilishi haqida ma`lumot bergan edik.

    Boshqa yangiliklar