Rossiyaning Leningrad viloyati Gatchinsk tumanida rashk sabab o`ldirgani taxmin qilinayotgan ikki kishining jasadi topildi. Bu haqda Fontanka xabar berdi, deb yozmoqda Zamon internet nashri.
Viloyat Tergov qo`mitasi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, 5 may kuni ko`p qavatli uylarning birida ko`plab pichoq jarohatlari bilan 54 yoshli erkak va 46 yoshli ayolning jasadi topilgan.
Xabarga ko`ra jinoyatda 2000 yillarning boshidan buyon o`g`irlik, qotillik va jinsiy zo`ravonlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan 55 yoshli o`zbekistonlik fuqaro ayblanmoqda. Oxirgi marta u Murmansk viloyatida jazo muddatini o`tagan.
Mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 105-moddasi ikkinchi qismi (“Ikki shaxsni o`ldirish”) bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, erkak hibsga olingan. Tez orada unga ayblov e`lon qilinadi.