AsosiyJamiyat

Navoiyda ichida yo`lovchilari bo`lgan avtobus burilishga kelganda ag`darilib ketdi

'Navoiyda ichida yo`lovchilari bo`lgan avtobus burilishga kelganda ag`darilib ketdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda harakatlanib ketayotgan avtobus ag`darilib ketgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan YHXX ma`lumot taqdim etdi.  

Ma`lum qilinimshicha, 2022 yil 3 may kuni soat 10:00 larda, Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani hududidan o`tuvchi 4R-65 avtomobil yo`lining 23-24-kilometrlari oralig`ida haydovchi, 1973 yilda tug`ilgan K.O`. "Yutong" rusumli avtobusda harakatlanayotib, ehtiyotsizligi oqibatida rul boshqaruvini yo`qotgan va avtobus yo`l chetiga ag`darilgan.

YTH natijasida 5 nafar yo`lovchilar tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.  

Ushbu YTH yuzasidan Navoiy viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar