AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda qo`li go`sht maydalagichga kirib ketgan bolaning ahvoli haqida qo`shimcha ma`lumot berildi

'Qashqadaryoda qo`li go`sht maydalagichga kirib ketgan bolaning ahvoli haqida qo`shimcha ma`lumot berildi'ning rasmi

Joriy yilning 8 may kuni Qashqadaryo viloyatida 3 yoshli bolaning chap qo`li ehtiyotsizlik sabab go`sht maydalagich ichiga kirib qolgani xabar bergan edik. 

“Nasafnews”ning aniqlik kiritishicha, bola 3 yosh emas, endigina 2 yoshla to`ladi. Ular viloyatning G`uzor tumanida istiqomat qilishadi. Ma`lum bo`lishicha, bolaning otasi ayni vaqtda boshqa davlatda. Ona esa turmush o`rtog`iga bo`lgan voqeani bildirmagan.

Hozirda bolakay Qarshi shahridagi shoshilinch tez tibbiy yordam markazida davolanayotgani aytilmoqda. 
Shifokorning so`zlariga ko`ra, go`dak kasalxonaga olib kelinganida uning chap qo`lida katta hajmda ezilib, yirtilgan jarohat bo`lgan. Shuningdek, bilak, tirsak va kaft suyaklarining sinishi qayd etilgan. Tibbiyot xodimlari tomonidan jarohatga birlamchi ishlov berilgan hamda mahalliy plastik operasiyalari o`tkazilgan. 

    Boshqa yangiliklar